Troy Dini va Mayk Grella «Inter»ning «Bryugge»dan uchralgan mag'lubiyatini tahlil qilishdi
CBS Sports ekspertlari Troy Dini va Mayk Grella «Inter»ning «Bryugge»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatini tahlil qilishdi.
CBS Sports Golazo efiri: Ekspertlar Troy Dini va Mayk Grella «Inter»ning «San-Siro»da «Bryugge»ga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatsizligini muhokama qilishdi:
Troy Dini: «Bu o'yinda — menimcha, gollar o'yin borishini o'zgartiradi va tashabbus bir jamoadan ikkinchisiga juda tez o'tishi mumkin — Lautaro Martines darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, gol urolmadi. Agar u gol urganda, hammasi boshqacha bo'lardi. Tushunyapsizmi, nima demoqchiman? Menda har safar «Bryugge» oldinga o'tganda, ular gol urishga muvaffaq bo'layotgandek tuyuldi. Bunday pallalarda «Xo'sh, endi biz yana bu to'siqni yengib o'tishimiz kerak» degan fikr keladi. Albatta, ular hujumkor va tashabbuskor futbol o'ynashni xohlashadi, lekin hisobda ortda qolayotganingizda, yanada ko'proq ochilishga, keskinroq o'ynashga va tavakkal qilishga majbur bo'lasiz. Yakunda bu «Bryugge»ning qo'l keldi. Shuning uchun men «Inter»ning o'yini bunchalik yomon bo'lgan deb o'ylamayman. Hammasi dahshatli bo'lgani yo'q. Menimcha, bu alohida epizodlar masalasi edi. Ammo Lautaro Martines kabi buyuk markaziy hujumchi deb hisoblanish uchun bunday vaziyatlardan foydalana olish kerak».
Mayk Grella: «Italiyada 20 yil oldin «San-Siro»da «Bryugge»ga yutqazganingizda, sizni maydonga olib chiqib, toshbo'ron qilishardi. Yaxshiyamki, hozir u zamonlar emas. Lekin bunday narsalar yuz bermasligi kerak. Bunday o'yinlarni boy berish yaramaydi. Va bunday gollarni o'tkazib yubormaslik kerak».