Troy Dini "Bavariya" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Troy Dini "Bavariya" avvalgi darajada emasligini aytdi. Uning fikricha, "Arsenal" bu bahsda g'alaba qozonishi kerak edi.
"Bu o'yin meni hayratda qoldirdi. Men "Arsenal" g'alaba qozonishi kerak deb hisoblagandim, bu jamoa qanchalik kuchli ekanligini ko'rsatib turibdi", - dedi Dini.
Vaholanki, "Bavariya" "Arsenal" bilan o'yingacha bo'lgan 4 ta uchrashuvda 23 ta gol urib, atigi 2 ta gol o'tkazib yuborgandi.
Troy Dini Xristos Tsolisning o'yin uslubini yuqori baholadi va uni Martinelli hamda Trossard bilan qiyosladi.
Troy Dini Xristos Tsolis haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
U jamoaga juda ko'p gol va assistlar olib keladi, shu bilan birga xotirjamlik va chaqqonlikni ham taqdim etadi. Martinelli va Trossardga qarang — nazarimda, Tsolis ikkalasining ham sifatlarini o'zida mujassam etgan. Shu bilan birga, samaradorlik borasida u ancha ko'proq narsaga qodir. Bu mavsumda u haqiqiy yirtqich bo'ladi.
Tibo Kurtuaning Ispaniyaga qarshi o'yindan keyingi bayonotlari futbol jamoatchiligi tomonidan tanqid ostiga olindi.
Nigel Reo-Koker (sobiq "Vest Xem" yarim himoyachisi):
Kurtua Ispaniyaga qarshi o'yinda murabbiy qarori bilan almashtirilganini aytdi, ammo bu so'zlari bilan u ham murabbiyni, ham o'z o'rniga tushgan jamoadoshini qiyin ahvolda qoldirdi. Bunday katta tajribaga ega o'yinchi bunday qilmasligi kerak edi.
Troy Dini (sobiq "Uotford" hujumchisi):
Uchrashuv yakunlangach, o'yinni davom ettira olishim mumkin edi, deb aytish juda oson. Agar haqiqatan ham o'ynay olgan bo'lsang, nega maydonga yiqilib, shifokorlarni kutding?! Kurtua yiqilishi bilan murabbiyning boshida shubha uyg'otdi. Kurtua o'z so'zlari bilan nafaqat murabbiyni, balki ikkinchi darvozabonni ham sharmanda qildi, o'zini esa qahramon qilib ko'rsatdi. Bu uning darajasidagi o'yinchi uchun eng yaxshi xulq-atvor emas.
Gilerme (sobiq "Lokomotiv" darvozaboni):
Qarorlarni bosh murabbiy qabul qiladi. Lekin Kurtuaning o'rnida bo'lganimda, o'yinni oxirigacha o'tkazishga harakat qilardim.
CBS Sports ekspertlari Troy Dini va Mayk Grella «Inter»ning «Bryugge»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatini tahlil qilishdi.
CBS Sports Golazo efiri: Ekspertlar Troy Dini va Mayk Grella «Inter»ning «San-Siro»da «Bryugge»ga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatsizligini muhokama qilishdi:
Troy Dini: «Bu o'yinda — menimcha, gollar o'yin borishini o'zgartiradi va tashabbus bir jamoadan ikkinchisiga juda tez o'tishi mumkin — Lautaro Martines darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, gol urolmadi. Agar u gol urganda, hammasi boshqacha bo'lardi. Tushunyapsizmi, nima demoqchiman? Menda har safar «Bryugge» oldinga o'tganda, ular gol urishga muvaffaq bo'layotgandek tuyuldi. Bunday pallalarda «Xo'sh, endi biz yana bu to'siqni yengib o'tishimiz kerak» degan fikr keladi. Albatta, ular hujumkor va tashabbuskor futbol o'ynashni xohlashadi, lekin hisobda ortda qolayotganingizda, yanada ko'proq ochilishga, keskinroq o'ynashga va tavakkal qilishga majbur bo'lasiz. Yakunda bu «Bryugge»ning qo'l keldi. Shuning uchun men «Inter»ning o'yini bunchalik yomon bo'lgan deb o'ylamayman. Hammasi dahshatli bo'lgani yo'q. Menimcha, bu alohida epizodlar masalasi edi. Ammo Lautaro Martines kabi buyuk markaziy hujumchi deb hisoblanish uchun bunday vaziyatlardan foydalana olish kerak».
Mayk Grella: «Italiyada 20 yil oldin «San-Siro»da «Bryugge»ga yutqazganingizda, sizni maydonga olib chiqib, toshbo'ron qilishardi. Yaxshiyamki, hozir u zamonlar emas. Lekin bunday narsalar yuz bermasligi kerak. Bunday o'yinlarni boy berish yaramaydi. Va bunday gollarni o'tkazib yubormaslik kerak».
Troy Dini joriy mavsumda APLning asosiy yulduzi kim bo'lishi haqidagi savolga Palestra deb javob berdi.
Troy Dini kimligini eslaysizmi? Angliyalik futbolchidan joriy mavsumda Premyer liganing asosiy yulduzi kim bo'lishi haqida so'rashganda, u ikkilanmasdan Palestrani tanladi.
Shuningdek, Dini uni «haqiqiy yirtqich» deb atadi 💙🔥