AZ hujumchisi Meks Merdink bilan bog'liq vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ydi
AZ hujumchisi Meks Merdink ishtirokidagi bahsli vaziyatda hakamlar brigadasi xatoga yo'l qo'ydi. Danni Makkeli noto'g'ri qaror qabul qilgan.
AZ hujumchisi Meks Merdink ishtirokidagi bahsli vaziyatda hakamlar brigadasi xatoga yo'l qo'ydi. Gap "Feyenoord"ga qarshi o'yinda belgilanmagan penalti haqida bormoqda.
Hakam Danni Makkeli VAR aralashuvidan so'ng o'zining dastlabki qarorini o'zgartirgan edi.
Biroq keyinchalik ma'lum bo'lishicha, hakamni epizodni ko'rib chiqish uchun monitor oldiga chaqirishlari shart emas edi. Takroriy lavhalarni ko'rish jarayonida esa hakamga orqa rakursdan olingan to'g'ri kadr ko'rsatilmagan – vaxolanki, VAR tizimida bunday tasvir mavjud bo'lgan.