Migel Sierra jarohatdan tiklanish jarayonini muddatidan oldin yakunlamoqda va dekabr oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, Migel Sierra tiklanish uchun belgilangan muddatlardan oldinroq safga qaytmoqda va dekabr oyidagi o'yinlarda maydonga tushishi mumkin! 💪
Migel Sierra «Levante»ga qarshi o'yinda olgan yelka jarohati sabab Madridda operatsiya qilindi. Futbolchining tiklanishi uchun taxminan 3 oy vaqt ketadi.
❌ Kecha Migel Sierra «Levante»ga qarshi o'yinda olgan yelka jarohati sabab Madridda operatsiya qilindi.
Endi faqat Migel taxmin qilingan 3 oydan tezroq tiklanishiga ishonish qoldi.
Luis Garsiya o'tgan o'yinda yelkasidan og'ir jarohat olgan Migel Syerrani qo'llab-quvvatlamoqda.
Luis Garsiya o'tgan o'yinda yelkasidan og'ir jarohat olgan Migel Syerrani juda qo'llab-quvvatlamoqda.
U barcha ijtimoiy tarmoqlarida qo'llab-quvvatlash so'zlarini e'lon qildi, o'yinoldi matbuot anjumanida bu haqda gapirdi, shuningdek, mashg'ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashib, ispaniyalik futbolchiga katta e'tibor qaratmoqda.
Bunday murabbiy bilan Migel jarohatdan qaytib, o'z yo'lida barchasini yakson qilishda davom etishiga ishonchim komil.
Migel Sierra o'ng yelka jarohati sababli operatsiya qilinadi va kamida 3 oyga safdan chiqdi. Futbolchi 2026-yilda maydonga tushmaydi.
❌ Migel Sierra o'ng yelka akromioklavikulyar bo'g'imi chiqib ketishi sababli operatsiyaga yuborildi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday jarohat odatda o'mrov suyagining yelka kamaridan ajralishi deb ataladi.
U kamida 3 oy maydondan chetda qoladi va 2026-yilda boshqa o'ynamaydi.
Migelga ushbu og'ir sinovni yengib o'tish uchun ulkan kuch-quvvat tilaymiz…
Migel Sierra «Deportivo»ga qarshi o'yinda 28 ta yakkakurashda qatnashib, «Sevilya» safida so'nggi olti yildagi rekordni yangiladi.
Faqat o'ylab ko'ring:
Migel Sierra «Deportivo»ga qarshi o'yinda O'NG QANOT HUJUMCHISI pozitsiyasida to'p uchun 28 ta yakkakurashda ishtirok etdi!
Bu «Sevilya» futbolchisi uchun so'nggi olti yildagi rekord darajadagi yakkakurashlar soni.
Shuningdek, bu joriy mavsumda kuchli beshlik ligalaridagi barcha o'yinchilar orasida ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Bir o'yinda bundan ko'proq yakkakurashda faqat «Brest» futbolchisi Ajorque (29) qatnashgan.
Qolaversa, joriy mavsumda Migel Sierra kuchli beshlik ligalaridagi barcha hujumchilar orasida yutilgan yakkakurashlar soni bo'yicha Budimir (Ante Budimirda 42 ta, Sierrada 41 ta) dan keyin ikkinchi o'rinda turibdi.