Endrikning «Real»da qolish sababi ma'lum bo'ldi
Mario Kortegana xabariga ko'ra, Endrikning «Real Madrid»da qolishiga Joze Mourinyuning qo'llab-quvvatlashi sabab bo'lmoqda.
🚨 Mario Kortegana: Endrikning «Real Madrid»da qolishining asosiy sababi — Joze Mourinyu. Murabbiy o'yinchini qo'llab-quvvatlamoqda.
Endrikka «Aston Villa» va «Roma» jamoalari katta qiziqish bildirishgandi. Mourinyu uni hujumchi va o'ng qanot vingeri pozitsiyalarida ishlatishni rejalashtirmoqda.
Murabbiy Endrikning mashg'ulotlardagi fidoyiligidan hayratda, o'z navbatida, futbolchining o'zi ham murabbiyning qo'llab-quvvatlashi tufayli katta ishonch his qilmoqda.
Vaziyat qishki transfer oynasi oldidan qayta ko'rib chiqiladi. Ijara hamon variantlardan biri bo'lib qolmoqda.