Jurnalist Nacho Gonsales Xarvi Elliotning «Valensiya»ga transferi haqida fikr bildirdi
Jurnalist Nacho Gonsales Xarvi Elliotning «Valensiya»ga o'tishini tahlil qildi va futbolchining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Jurnalist Nacho Gonsalesning Xarvi Elliotning «Valensiya»ga transferi haqidagi fikrlari:
Agar sizga bir yil oldin bu transfer haqida aytishganida, hech qachon ishonmagan bo'lardingiz.
Valensiyalik muxlislarga aytadigan eng yaxshi gapim shuki: yaxshi formada bo'lgan Xarvi Elliot Lim klubni qoldirgan saviyadan ancha yuqori saviyadagi futbolchi. Texnikasi kuchli, dadil, ham markazda (menimcha, u yerda eng yaxshi o'yin ko'rsatadi), ham qanotga yaqinroq joyda o'ynay oladi. To'g'ri, u jismoniy jihatdan juda baquvvat emas va bir muncha vaqtdan beri barqaror o'yin amaliyotiga ega emas.
U vaziyat qurboni bo'lgani uchun kam o'ynadi, aybdor emas. Endi esa butun dunyoni zabt etishga chanqoq futbolchini kutish mantiqiy. Axir u professional futbolga shunchalik erta kirib keldiki, go'yoki biz uni allaqachon bir asrdan beri tanigandekmiz, vaholanki uning yoshi bor-yo'g'i 23 da.