Real Madrid darvozabonlar murabbiyi o'zgardi
Marca xabariga ko'ra, "Sevilya"ga qarshi o'yinda "Real Madrid" darvozabonlar murabbiyi vazifasini D. Lopes bajardi. N. Santush navbatdagi turda qaytadi.
📰 Marca xabariga ko'ra, "Madrid"ning "Sevilya"ga qarshi o'yinida darvozabonlar murabbiyi vazifasini jamoaning sobiq posboni D. Lopes bajardi. U ayni vaqtda "Kastilya"da shu lavozimda faoliyat yuritadi. Lopes diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yuborgan N. Santushni almashtirdi.
Biroq, La Liganing navbatdagi turida bo'lib o'tadigan "Klasiko"da (25.10, 23:00) Santush o'z ishiga qaytadi.