Genri Katamu transferi bo'yicha yangi tafsilotlar
Genri Katamuning transferi bo'yicha moliyaviy tafsilotlar ma'lum bo'ldi. Sanderlend futbolchi uchun Sportingga 40 million yevroga yaqin taklif tayyorlamoqda.
💷 Genri Katamuning transferi borasida moliyaviy tafsilotlar oydinlashmoqda:
Katamu ayni damda Lissabonda yiliga 600 ming yevro sof maosh oladi. Soliqlarni hisobga olgan holda, u Sportingga yiliga taxminan 1,2 million yevroga tushadi.
Sanderlend esa futbolchiga yiliga taxminan 3 million yevro sof maosh taklif qilmoqda. Bu uning hozirgi daromadidan besh baravar ko'p degani.
Gisolfi Sportingga 30 million yevro va 10 million yevro bonus ko'rinishidagi taklif yuborgandi. Endilikda rad etilgan ushbu kelishuvda yangi jihat paydo bo'ldi — Sporting keyingi sotuvdan 10 foiz ulush saqlab qolmoqchi. Biroq, klub ortga chekinmoqchi emas. O BOLA gazetasi yozishicha, endilikda ular kafolatlangan to'lov qismini oshirib, 40 million yevroga yaqinlashtirishi kerak. Shunga qaramay, bitim yakunlanishiga yaqin turibdi.