Feyenoord O'guz Aydin uchun kurashga qo'shildi
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Feyenoord Fenerbahche vingeri O'guz Aydinni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi uchun yana uchta klub kurashmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Feyenoord klubi o'zining qisqa ro'yxatiga Fenerbahche vingeri O'guz Aydinni kiritdi.
Biroq, Rotterdam klubiga futbolchi uchun kurashda jiddiy raqobat yuzaga kelishi kutilmoqda. Ayni damda o'yinchi uchun Espanyol, Gamburg va Reynjers klublari ham da'vogarlik qilmoqda.