Jurnalist Yoxan Inan ma'lumotiga ko'ra, Ayaks jamoasi tarkibdan boshqa futbolchilar ketishini kutmayapti. Oliver Edvardsen, Kasper Dolberg va Ouen Veyndal qoladi.
Jurnalist Yoxan Inan ma'lumotiga ko'ra, Ayaks jamoasi tarkibdan boshqa futbolchilar ketishini kutmayapti.
Shu tariqa, Oliver Edvardsen, Kasper Dolberg va Ouen Veyndal, katta ehtimol bilan, Amsterdamda qolishadi. Garchi ushbu mavsumda ularga o'yin amaliyotiga ega bo'lish qiyin kechsa ham.
Vandaag Inside dasturida "Ayaks" rahbariyati bosh murabbiy Michelning ishiga aralashayotgani va tarkibni o'zi belgilayotgani haqida gapirildi.
😀 Uilfred Genee Vandaag Inside dasturida kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Teleboshlovchining so'zlariga ko'ra, "Ayaks" rahbariyati bosh murabbiy Michel qaysi futbolchilarni maydonga tushirishi kerakligini go'yoki o'zi hal qilmoqda. Yoxan Derksen bunday vaziyat bo'lishi mumkinligini istisno etmaydi.
🗣Genee: "Men klub ichidagi odamlardan "Ayaks" rahbariyati yuqoridan turib, kim o'ynashi va o'yin qanday qurilishi kerakligini ko'rsatma berayotgani haqida ma'lumot olyapman. O'tgan payshanba kuni o'ynagan o'sha chap qanot himoyachisi... Agar sen Ouen Veyndalni maydonga tushirsang, u holda uni bemalol tarkibga qo'yishing mumkin edi".
🗣Derksen: "Bunday klublarda ma'lum narsalar yuz beradi, rahbariyat: "Biz uni sotmoqchimiz, uni kuzatish uchun skautlar keladi, shuning uchun uni maydonga tushir", deb aytadi. Bu yigit klubga 20 mln ga tushgan. 20 mln ni bir yilda hisobdan chiqarib bo'lmaydi, shuning uchun u o'zini ko'rsatishi kerak".