Vilfred Gene "Ayaks"ning yangi transferini keskin tanqid qildi
Niderlandiyalik jurnalist Vilfred Gene "Ayaks"ning yangi transferini keskin tanqid ostiga oldi va uni muvaffaqiyatsiz deb atadi.
Vilfred Gene:
"Sizlarning ["Ayaks"] bunday futbolchini sotib olganingiz hayratlanarli. Axir bunday yoshda Yaqin Sharqqa o'ynash uchun ketishmaydi-ku? Bunday bo'lishi umuman mumkin emas.
Darhol ko'rinib turibdiki, bu odam umuman hech narsani uddalay olmaydi. U maydonga tushganida, butun o'yin izdan chiqdi. Menimcha, bu allaqachon muvaffaqiyatsiz transfer bo'ldi."