Pablo Ramon: «Real Madrid»da Vinisiusning o'rnini bosa oladigan futbolchilar yetarli
«Kastilya» sobiq himoyachisi Pablo Ramon «Real Madrid»da Vinisiusning o'rnini bosa oladigan futbolchilar yetarli ekanligini ta'kidladi.
Pablo Ramon, «Kastilya»ning sobiq himoyachisi, hozirda «Rasing»da to'p tepmoqda:
«Real Madrid»da Vinisiusning o'rnini bosa oladigan futbolchilar yetarli. Uning yo'qligi muammo bo'lmasligi kerak. Men Chempionlar ligasini kuzatib boryapman va Endrikning o'yinini ko'rdim. U ham ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Qo'yavering, eng yaxshi futbolchilarini maydonga tushirishsin. Biz ular bilan uchrashuvga tayyormiz.