Pasquale Mazzocchi: «Napoli»ga chaqiruv olganimda otam yig'lab yuborgandi»
Pasquale Mazzocchi «Napoli»ga o'tishi va jamoaga yangi kelganlarga yordam berishi haqida gapirdi.
🎤 Pasquale Mazzocchi Kastel-di-Sangrodagi muxlislar bilan uchrashuvda o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi:
«Napoli»dan chaqiruv olganimda qanday hislarni tuyganman? Yaxshi savol... Rostini aytsam, dastlab buni to'liq anglamadim, lekin darhol ota-onamga aytdim va bir voqea esimda: otam yig'lab yuborgandi. «Napoli»dan qo'ng'iroq bo'lganini eshitish, qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganimni va ko'k libosni kiyganimda bularning barchasi o'zini oqlaganini yodga olish juda yoqimli. Bu haqiqatan ham ajoyib tuyg'u!
Kiyim almashtirish xonasida hamma bilan til topishishga harakat qilaman, xorijlik futbolchilar o'zlarini uydagidek his qilishlari uchun intilaman va Neapolga yangi kelganlarga qayerga kelib qolganlarini tushunishlariga yordam beraman. Klubdan tashqari, biz 2500 yillik tarixga ega shaharni himoya qilishimiz kerak va men ularga buni doimo tushuntiraman. Ular o'zlarini uydagidek his qilishlari uchun harakat qilaman, bu biz neapolliklarda yaxshi chiqadi.
«Napoli» muxlislari, siz bizga o'z issiqligingizni beryapsiz va biz siz bilan uchrashish imkoniyatidan juda xursandmiz. Barchangizni va har biringizni alohida quchoqlab qo'ymoqchi edim!