Villarreal akademiyasi so'nggi besh yilda 168 million yevro daromad qildi
Villarreal akademiyasi so'nggi besh yilda o'z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali 168 million yevro ishlab topdi va Ispaniyada yetakchiga aylandi.
So'nggi besh yil ichida "Villarreal" o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilarini sotishdan 168 million yevro ishlab topdi va bu ko'rsatkich bo'yicha Ispaniyadagi eng foydali klubga aylandi. CIES Football Observatory ma'lumotlariga ko'ra, "sariq suvosti kemasi" yosh iqtidorlarni sotish bo'yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta klubi qatoriga kiradi.
Eng shov-shuvli transferlar: Aleks Baena "Atletiko"ga 45 millionga, Yeremi Pino "Kristal Pelas"ga 30 millionga, Pau Torres "Aston Villa"ga 35 millionga, shuningdek, Niko Jekson va Filip Yorgensen "Chelsi"ga mos ravishda 37 va 24,5 million yevroga sotilgan. So'nggi o'n yillikda klub 18 nafar tarbiyalanuvchisini sotib, 203 million yevro sof foyda ko'rdi.
"Villarreal" akademiyasi nafaqat klub, balki Ispaniya terma jamoasi uchun ham muntazam ravishda iqtidorlarni yetkazib bermoqda. "Sariq suvosti kemasi" bilan bog'liq sakkiz nafar o'yinchi o'smirlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida g'olib chiqqan, ular orasida 2024-yilgi "Oltin to'p" sohibi bo'lishi kutilayotgan Rodrigo Ernandes ham bor.