Villarreal akademiyasi so'nggi besh yilda o'z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali 168 million yevro ishlab topdi va Ispaniyada yetakchiga aylandi.
So'nggi besh yil ichida "Villarreal" o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilarini sotishdan 168 million yevro ishlab topdi va bu ko'rsatkich bo'yicha Ispaniyadagi eng foydali klubga aylandi. CIES Football Observatory ma'lumotlariga ko'ra, "sariq suvosti kemasi" yosh iqtidorlarni sotish bo'yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta klubi qatoriga kiradi.
Eng shov-shuvli transferlar: Aleks Baena "Atletiko"ga 45 millionga, Yeremi Pino "Kristal Pelas"ga 30 millionga, Pau Torres "Aston Villa"ga 35 millionga, shuningdek, Niko Jekson va Filip Yorgensen "Chelsi"ga mos ravishda 37 va 24,5 million yevroga sotilgan. So'nggi o'n yillikda klub 18 nafar tarbiyalanuvchisini sotib, 203 million yevro sof foyda ko'rdi.
"Villarreal" akademiyasi nafaqat klub, balki Ispaniya terma jamoasi uchun ham muntazam ravishda iqtidorlarni yetkazib bermoqda. "Sariq suvosti kemasi" bilan bog'liq sakkiz nafar o'yinchi o'smirlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida g'olib chiqqan, ular orasida 2024-yilgi "Oltin to'p" sohibi bo'lishi kutilayotgan Rodrigo Ernandes ham bor.
«Vilyarreal» Yeremi Pinoni ortga qaytarmoqchi ekanligi haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
So'nggi vaqtlarda «Vilyarreal» Yeremi Pinoni ortga qaytarmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar faol tarqalmoqda, biroq bu ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. ‼️
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Yeremi Pino bolalikdagi orzusi va qo'lga kiritilgan sovrin haqida gapirdi.
Yeremi Pino:
«Oxir-oqibat, bunga bolaligingdan orzu qilasan. Menda 2010-yilda singlim bilan tushgan surat bor va bugun biz uni yana takrorlaymiz, lekin bu safar qo'limizda sovrin bilan. Shuning uchun men juda baxtliman».
Yeremi Pino o'zining hozirgi holati va murabbiy bilan ishlash jarayoni haqida fikr bildirdi.
Yeremi Pino:
"O'tgan yili moslashish jarayonini o'tkazgan bo'lsam, bu yil o'zimni ancha ishonchli his qilyapman – rostini aytsam, men uchun bu karyeramning eng yaxshi davri."
"Avvalo, murabbiy – yaxshi inson. Uning qo'l ostida o'ynash menga juda qulay; u maydonda menga erkinlik beradi va bu joriy mavsumda o'zimni yaxshi his qilishimga yordam berdi."
Pyer Saj Yeremi Pinoning formasi va uning maydondagi harakatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙️ | Pyer Saj Yeremi Pino haqida:
🗣️ | «Bilasizmi, u shunchaki jahon chempioni emas».
«U bunday formada bo'lganida, ajoyib o'yinchi. Aynan shuning uchun ham uni maydonga tushiraman — chunki u bundan zavq olayotganini o'ylayman».
«U muxlislarga ko'p quvonch bag'ishlaydi. Aynan shuning uchun ham bunday narsalarni bo'lishish juda muhim. Ammo uchrashuv oxirida u oyog'i tortishayotganini his qildi (kichik spazm)».
Yeremi Pino o'zining kelgusi maqsadlari va Chempionlar ligasini yutish istagi haqida gapirib o'tdi.
Yeremi Pino o'z maqsadlari haqida gapirib o'tdi:
Men hali ko'p narsaga erishishim kerakligini his qilyapman va ko'proq sovrinlar yutish uchun ishlashda davom etaman.
🏆 U Chempionlar ligasida g'olib chiqish niyati borligini ochiq aytdi:
Bu men hali qo'lga kiritmagan yagona yevropa klublar turniri sovrini va bu men erishmoqchi bo'lgan maqsad bo'lib qolmoqda.
Kristal Pelasda birinchi kundanoq o'zimni chinakamiga sevilgandek his qildim. Menga har doim juda yaxshi munosabatda bo'lishgan. Ammo men nafaqat yutgan sovrinim uchun, balki qanday insonligim uchun ham hurmat qilishlarini istayman.