Krishtianu Ronaldu noyabr oyida Portugaliya terma jamoasiga qaytadi
FPF prezidenti Pedru Pruensa Krishtianu Ronaldu noyabr oyidagi xalqaro tanaffusda Portugaliya terma jamoasi safiga qaytishini kutayotganini ma'lum qildi.
Krishtianu Ronaldu noyabr oyida Portugaliya terma jamoasiga qaytadi, — deya ma'lum qildi FPF prezidenti.
Federatsiya, murabbiy va barcha jamoadoshlar bir xil fikrda: biz Krishtianuning qaytishini istaymiz. Men uning noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida qaytishini kutmoqdaman, — deydi Pedru Pruensa.