Klotet: Jud va Job Bellingem kelajakda "Real Madrid"da birga o'ynashi mumkin
Sobiq murabbiy Klotet Jud va Job Bellingemlarning kelajakda "Real Madrid"da birga to'p surishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Klotet (sobiq "Birmingem" murabbiyi): "Bir kun kelib Jud va Job "Real Madrid"da birga o'ynashini istisno qilmayman. Jobning hali yanada kattaroq klubga o'tish imkoniyati bo'ladi, chunki u hali ham rivojlanishga qodir.
Jobning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi uning Judning ukasi ekanligi bilan bog'liq emas. Men bunga aminman. U yoshlar terma jamoalarida o'zini yaxshi ko'rsatgan. Qolaversa, u Angliya U-21 terma jamoasi sardori hisoblanadi va Chempionship hamda Bundesligada o'ynash tajribasiga ega.
Bilmayman, bu aka-uka mehriga bog'liqmi yoki yo'q, lekin Jud har doim Job undan ham kuchliroq bo'lishini aytib kelgan".
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV "Borussiya" D klubining 21 yoshli yarim himoyachisi bir kun kelib "qaymoqranglilar" safiga o'tishni orzu qilayotgani haqida xabar bergandi.