Matias Olivera: Allegri bilan ishlashni o'rganmoqdamiz
Matias Olivera Radio KissKiss efirida bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan ishlash jarayoni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Radio KissKiss efirida Matias Olivera jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
🔘 Muxbir: Mati, gapni qisqa qilaylik: mashg'ulotlar yig'inining ikkinchi bosqichi yakuniga yetib qoldi va sizda sinyor Allegri bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo'ldi. Murabbiy bilan ilk uchrashuvingizni qisqacha tasvirlab bera olasizmi? U sizga qanday savollar beryapti? Konte va Allegri o'rtasida qanday farqlarni sezdingiz?
«U katta tajribaga ega ajoyib murabbiy va biz har kuni o'rganyapmiz. Rostini aytsam, men ikkinchi yig'in vaqtida keldim va hozirgacha u bizdan nima talab qilayotganini tushunishga harakat qilib, mashg'ulotlar o'tkazmoqdaman [kuladi]».