Rafael Luzan: "Barselona JCH-2030 finali va 2029-yilgi Chempionlar ligasi finalini qabul qilishga tayyor"
Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Luzan Barselona shahri JCH-2030 finali va 2029-yilgi Chempionlar ligasi finalini o'tkazishga intilayotganini aytdi.
Rafael Luzan (Federatsiya prezidenti): «Barselonada Jahon chempionati uchun ikkita stadion bor va biz ularning asosiy, namunaviy bo'lishi hamda hamma narsa yuqori darajada tashkil etilishi uchun qo'shimcha ishlashga umid qilamiz. Bir necha kundan so'ng bu yerga FIFA vakillari ikkita arizani tasdiqlash uchun yana kelishadi.
Barselona meri allaqachon 2030-yilgi Jahon chempionati finali Barselonada o'tishini juda xohlashini aytgan edi. Xudo xohlasa, shunday bo'ladi — o'zingiz bilganingizdek, buning uchun imkoniyatlar bor va Xudo xohlasa, aynan Ispaniya yana o'sha kubokni ko'taradi.
Bundan tashqari, oldimizda 2029-yilgi Chempionlar ligasi finalini o'tkazish bo'yicha ulkan vazifa turibdi. Uning tashkilotchiligi «Barselona», Barselona meriyasi va Ispaniya futbol federatsiyasi o'rtasida muvofiqlashtirilmoqda, toki turnir muvaffaqiyatli o'tsin va biz 105 000 tomoshabinni sig'dira oladigan, balki Yevropadagi eng yaxshi va eng zamonaviy stadionga aylanadigan arenani ko'raylik.
Shu bois, ishlarni bir necha oy ichida yakunlash rejalashtirilayotgan Valensiyadagi stadion bilan birgalikda biz o'zimizni butun dunyoga namoyish etish, shuningdek, Kataloniya va Ispaniyani jahon sahnasida taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lamiz».