Ekspertlar Vinisius Juniorning «Real Madrid»dagi kelajagi haqida fikr bildirishdi
Marsel Desayi, Relanyo va Segurola Vinisius Juniorning «Real Madrid»dagi o‘yini va xulq-atvori haqida tanqidiy fikrlar bildirishdi.
Marsel Desayi (Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi): «O‘ylashimcha, «Madrid» Vinisiusni sotib yuborishi kerak. Klub transfer bozorida boshqa o‘yinchilarni izlashi lozim.
«Roma»ga qarshi o‘yindan so‘ng biz yana Mbappe va Vinisius bog‘lamasi haqida gapiryapmiz, u o‘z samaradorligini isbotlay olmadi. Shu bois, braziliyalik futbolchining ketishi «Madrid» uchun eng yaxshi yechim bo‘lardi deb hisoblayman. Hozircha esa Vinisiusning o‘zi u haqida shakllangan barcha salbiy tasavvurlar va fikrlarni yo‘qqa chiqara oladimi yoki yo‘q, kuzatamiz», — deydi Desayi.
📰 Relanyo (AS sobiq bosh muharriri): «Ayni damda Vinisius o‘ynashga tayyor emas. U «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlikdan, maydonga umuman tushirmaslik kerak bo‘lgan futbolchi darajasiga tushib qoldi».
📻 Segurola (Onda Cero jurnalisti): «Vinisiusning Alonso bilan mojaroda yo‘l qo‘ygan xatosi uning «Madrid»dagi butun faoliyati davomida uni ta’qib qiladi. U mojaroli futbolchi. Vinisiusning «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindagi xulq-atvori, unda chetlatilgani shunchaki qabul qilib bo‘lmas holat. Qolaversa, u hozir yomon o‘ynamoqda».