PSJ – Renn uchrashuvi «Park de Prens» stadionidagi maysazorning yomon holati tufayli xavf ostida qoldi. O'yin boshqa sanaga ko'chirilishi mumkin.
🏟 Ici Armorique xabariga ko'ra, RMC tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlarga qaraganda, yakshanba kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan PSJ – Renn bahsi xavf ostida qoldi. «Park de Prens» stadioni maysazori jazirama issiq tufayli yomon ahvolga kelib qolgan. Agar LFP maydonni o'yinga yaroqsiz deb topsa, uchrashuv boshqa sanaga ko'chirilishi yoki Renn shahriga o'tkazilishi mumkin.
PSJ va Renn o'rtasidagi Liga 1 o'yini "Park de Prens" stadionidagi maysazorning yomon holati tufayli "Roazon Park"ga ko'chirildi.
🌱 PSJ klubining o'yinni ko'chirish bo'yicha bayonoti:
Parij mintaqasida yoz davomida kuzatilgan anomal issiq ob-havo "Park de Prens" stadionidagi maysazor holatining yomonlashuvini sezilarli darajada tezlashtirdi. Liga 1 birinchi turi doirasidagi PSJ va Renn o'rtasidagi bahsga sanoqli kunlar qolgan bir paytda, maydon juda yomon ahvolda.
Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, LFP PSJ bilan birgalikda maydon holatini baholadi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, hozirgi sharoit o'yin o'tkazish uchun yaroqsiz, ayniqsa futbolchilarning xavfsizligi va jismoniy holati nuqtai nazaridan, bu biz uchun mutlaq ustuvorlik hisoblanadi.
O'yinni belgilangan muddatda o'tkazish uchun LFP va Renn klubi bilan kelishilgan holda, uchrashuvni "Roazon Park" stadionida o'tkazishga qaror qilindi.
PSJ ushbu o'zgarish o'z muxlislari va "Park de Prens"ga tashrif buyurishni rejalashtirgan barchaga noqulaylik tug'dirishini to'liq tushunadi.
Klub ushbu favqulodda vaziyat uchun uzr so'raydi va chipta egalariga barcha zarur o'zgarishlar haqida tez orada ma'lumot beradi.
PSJ Renn klubiga, Renn shahriga va Il-e-Vilen prefekturasiga o'yin o'tkazilishini imkonli qilganlari uchun minnatdorchilik bildiradi.
Ayni paytda klub mutaxassislari "Park de Prens"dagi maysazorni almashtirish bo'yicha yechim topishdi, bu esa 4-sentabr kuni Monako bilan bo'ladigan navbatdagi uy uchrashuvidan boshlab o'yinlarni o'tkazish imkonini beradi.