Luis de la Fuente va Rincon Rodri transferi haqida fikr bildirdi
Luis de la Fuente va Rincon Rodri transferi hamda Real Madridning transfer siyosati haqida fikr bildirishdi.
Luis de la Fuente: "Ba'zi vaziyatlar bo'lganki, men Rodri baribir Real Madridga o'tadi deb o'ylaganman. U bilan juda yaxshi munosabatdaman, shuning uchun vaziyat qanday rivojlanganini bilardim"
Rincon (Madridning sobiq hujumchisi, Cope sharhlovchisi): "Tez orada Rodri nima uchun yakunda Madridga o'tmagani ma'lum bo'ladi. 13 iyul kuni uchrashuv bo'lib o'tdi va undan so'ng yakuniy qaror qabul qilindi: Rodri hech qachon Madrid uchun o'ynamaydi".
Klubda bu haqda allaqachon bilishgan. Aynan shu sababli Madrid Vinisius bilan shartnomani uzaytirdi va Diomande bilan shartnoma imzoladi.