Diego Simeone «Barselona»dagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi
Diego Simeone «Barselona»dagi o'zgarishlar va jamoaning yangi o'yin uslubi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
❓«Barselona»da o'tgan mavsumga nisbatan nimalar o'zgardi? Siz o'sha paytda raqib bo'lgan jamoaga qaraganda eng katta farqni nimada ko'ryapsiz?
🗣 Diego Simeone: «O'ylaymanki, ular o'yin modelini o'zgartirishgani yo'q, chunki bu model juda yaxshi. Unda «Barselona»ga kelganidan buyon ajoyib ishni amalga oshirayotgan murabbiyning qo'li yaqqol sezilib turibdi. U o'yinchilarga o'z g'oyasini: yuqori pressing va himoya chizig'ini yuqoriroq joylashtirishni singdira oldi. Ular buni juda yaxshi amalga oshirishmoqda, chunki ko'plab to'plarni qaytarib olishyapti va juda ko'p gol urishyapti.
Levandovskining pozitsiyasidagi farqni sezish mumkin. U klassik, yuqorida harakat qiladigan «to'qqizlik» edi. O'tgan mavsumning turli pallalarida murabbiy Rafinyadan farq qiladigan Olmoni ishga solib, ushbu sxemani o'zgartirishga urindi. Va menimcha, aynan shu narsa biroz farq qiladi. Rafinya hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida paydo bo'lishi va hujumlarni tashkil etishda qatnashishi mumkin. Hozir chap qanotda Gordon o'ynamoqda va u juda yaxshi harakat qilyapti. Shunday qilib, «Barselona» Levandovski bo'lgan klassik hujum nuqtasidan mahrum bo'ldi va hozirgi kunda ularning o'yini himoyalanish nuqtai nazaridan raqib uchun yanada murakkablashdi. Albatta, Rafinya to'p uchun orqaga qaytish va uni taqsimlashda qatnashishni biladi. Bu jarima maydonchasi ichida qolib, qanchalik xavf tug'dirmasin, yuqorida turadigan klassik «to'qqizlik»ning borligi bilan bir xil narsa emas».
❓Ertaga siz kombinatsion o'yinni yaxshi uddalaydigan va hozir juda yaxshi formada bo'lgan bir nechta futbolchilarni maydonga tushirishingiz mumkin: Grimaldo, Baena, Barrios, Koke yoki Li Kan In. Bunday o'yinchilar bilan «Atletiko» «Barselona» bilan tengma-teng, shu jumladan to'p nazorati borasida ham raqobatlasha oladimi?
🗣 Diego Simeone: «Xo'sh, «tengma-teng» iborasi aslida nimani anglatishini bilmayman. Biz juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynayapmiz. Bilamizki, o'yinning katta qismini azob chekishimizga to'g'ri keladi. Biroq, umid qilamanki, biz o'yinni rejalashtirganimizdek o'tkaza olamiz».
❓Siz «Barselona»dagi o'zgarishlar va u o'tgan mavsumdagi jamoadan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirdingiz. O'shanda siz ular bilan turli turnirlarda bir necha bor to'qnash kelgansiz va bu o'yinlar mutlaqo turlicha kechgan. Ertangi o'yin uchun qanday ssenariyni bashorat qilasiz? Ayniqsa, sizning jamoangiz ham o'tgan mavsumdagidan farq qiladi.
🗣 Diego Simeone: «O'ylaymanki, farq birinchi navbatda biz muhokama qilgan narsada, ya'ni Rafinyaning joylashuvida. Bu «Barselona» o'yinini o'tgan mavsumga nisbatan biroz o'zgartiradi, chunki uning harakatlari jamoaga yarim himoyada son jihatdan ustunlik yaratishga, shuningdek, o'yinning yakuniy bosqichlarida tarkib chuqurligini ta'minlashga imkon beradi. Bizni qanday o'yin kutayotganini bilmayman, lekin umid qilamanki, muxlislarimiz stadionda bo'lishadi va bizni har doimgidek qo'llab-quvvatlashadi. O'yinchilar ularning borligini va stadiondagi yordamini his qilganda, ular juda yaxshi javob qaytarishadi».
🔚 Simeone matbuot anjumani yakunlandi.