Ribeyro: Neymar yoshligida «Real»ga o'tishi mumkin edi
Neymarning sobiq agenti Ribeyro braziliyalik futbolchining yoshligida «Real Madrid»ga o'tishi mumkin bo'lgani haqida gapirib berdi.
Neymarning sobiq agenti Ribeyro shunday deydi:
Neymar «Madrid» qarorgohiga uch marta kelgan. U 13 yoshida men bilan birga Ispaniya poytaxtida 20 kun bo'lgan. Peres hatto hazillashgandi: «Mana, sen bu bolalarni olib kelyapsan, o'zi ularni qayerdan topasan?».
O'sha paytda mijozim Robinyo «Real Madrid»da o'ynardi. Shu bois klub Neymarga va menga eng yaxshi mehmonxonani taqdim etgan. Ammo u Robinyoning uyida qolishni istagan, chunki u uning kumiri edi. Men uchun bu juda muhim edi, chunki Robinyo va Neymar o'rtasidagi professional munosabatlar vaqt o'tishi bilan juda yaqin do'stlikka aylandi.
Men Neymarni «Madrid»da ko'rishni xohlagandim. Shu sababli «Madrid»dan kelgan taklifni Neymarning otasiga va «Santos»ga yetkazganman. O'shanda Neymar «Barselona», «Bavariya» va «Chelsi»dan ham takliflar olgandi. Dunyo bo'ylab klublar uni qo'lga kiritmoqchi edi. «Madrid» esa Neymar uchun istalgan summani to'lashga tayyor edi.