Chelsi sobiq egasi Ken Beyts vafot etdi
Chelsi klubining sobiq egasi Ken Beyts 94 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda klubni 1 funtga sotib olib, inqirozdan qutqarib qolgan edi.
💔 94 yoshida Chelsi klubining sobiq egasi Ken Beyts vafot etdi.
1982-yilda Beyts Chelsi'ni bor-yo'g'i 1 funt sterlingga sotib olgan edi. O'sha vaqtda klub og'ir moliyaviy ahvolda bo'lib, bankrotlik yoqasida turgan edi.
Aynan uning davrida Stamford Bridj ustidan nazoratni qaytarib olishga erishilgan. 1970-yillarda klub stadionga bo'lgan huquqidan mahrum bo'lgandi va Beyts Chelsi o'z arenasiga yana egalik qilishi uchun ko'p yillar davomida sudlashgan. Bu uning eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Uning qo'l ostidagi 21 yil davomida jamoa Angliya Kubogi (1997), Liga Kubogi (1998), Kubok egalari kubogi (1998) va UEFA Superkubogini (1998) qo'lga kiritdi. 2003-yilda Beyts klubni Roman Abramovichga sotib, Chelsi tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrga asos solgan edi.
RIP 🕊️