Roncero: Diomande «Real Madrid»ning asosiy tarkibiga loyiq emas
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Diomandening «Real Madrid» asosiy tarkibidagi o'rni haqida o'z fikrlarini bildirdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero: "Ayni damda Diomande «Madrid»ning asosiy tarkibiga mos kelmaydi. Agar Yan asosiy tarkib futbolchisiga aylansa, jamoa ancha vertikalroq o'ynay boshlaydi. Ammo unda «Madrid» o'yinini kim quradi?! Hujumchilarni to'p bilan kim ta'minlaydi?!"
"Agar Diomande asosiy tarkibda o'ynasa, Bellingemga o'z darvozasiga 15 metr yaqinroq harakat qilishiga to'g'ri keladi. Qolaversa, maydonda Gyuler bo'lmasa, hujum chizig'idagi hech kim jamoaga himoyada yordam bermaydi va biz hozirgi samarali Judni yo'qotamiz."
"Men Diomande juda yaxshi futbolchi ekanligiga chin dildan ishonaman. Ammo u «Madrid»da ko'p vaqtini zaxira o'rindig'ida o'tkazadi, chunki hozirda u asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish uchun katta imkoniyatlarga ega deb hisoblamayman."