Ezri Konsa «Arsenal» safida debyut qilishi mumkin
RyanTaylorSport xabariga ko'ra, Ezri Konsa «Arsenal» safida «Aston Villa»ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin.
RyanTaylorSport xabariga ko'ra, agar barcha rasmiy jarayonlar reja asosida yakunlansa, Ezri Konsa «Arsenal» safidagi debyutini aynan «Villa Park» stadionida «Aston Villa»ga qarshi o'yinda o'tkazishi ehtimoli katta.
Qiziqarli fakt: «Aston Villa» barcha turnirlarda Ezri Konsa maydonga tushgan o'yinlarning 49 foizida g'alaba qozongan. U yo'qligida esa g'alaba qozonish ko'rsatkichi 35,3 foizga tushib ketadi.
Premer-ligada bu farq yanada yaqqolroq: Konsa bilan 45 foiz g'alaba va u yo'qligida atigi 28,1 foiz.