Samervill «Al-Hilol»ga o'tishidan oldin bir qancha top-klublar qiziqish bildirgan
Samervillning shaxsiy murabbiyi futbolchiga yozda «Real Madrid», «PSJ», «Liverpul» kabi klublardan qiziqish bo'lganini, biroq keyin «Al-Hilol» chiqqanini aytdi.
Samervillning shaxsiy murabbiyi:
Yozda u menga «Real Madrid», «Pari Sen-Jermen», «Liverpul», «Roma» va «Manchester Yunayted» u bilan bog'langani haqida aytib berdi...
Men unga: «Biroz kutib tur, nima bo'lishini ko'ramiz... Nimalar bo'lishi mumkinligini hech qachon bilmaysan», dedim.
Bir necha kundan so'ng esa «Al-Hilol» klubi qo'ng'iroq qildi.