Fernando Roig: Villarreal prezidenti sifatida 30 yil
Fernando Roig "Vilyarreal" prezidenti sifatida 30 mavsumni ortda qoldirdi. U klubni Primeraga olib chiqib, Yevropa miqyosidagi muvaffaqiyatlarga yetakladi.
Fernando Roig — imkonsiz narsani va'da qilgan va o'z so'zining ustidan chiqqan prezident.
1997-yil may oyida Fernando Roig "Vilyarreal"ning eng yirik aksiyadoriga aylandi va imkonsizdek tuyulgan ishni va'da qildi: klubni ikki yil ichida Primeraga olib chiqish. U buni bir mavsumdayoq uddaladi.
Roig klubni 30 mavsumdan beri boshqarib kelmoqda — bu Yevropaning kuchli beshlik ligalaridagi barcha prezidentlar orasida rekord natija.
U Santyago Bernabeu tomonidan o'rnatilgan tarixiy rekordni yangilashga yaqin turibdi, Bernabeu "Real"ni 35 yil davomida boshqargan.
Roig davrida "Vilyarreal" uch marta Primeraga chiqqan, Chempionlar ligasi yarim finalida o'ynagan, Ispaniya vitse-chempioni bo'lgan va Yevropa ligasida g'olib chiqqan.
Shuningdek, u ikkita mashg'ulot bazasi, yosh futbolchilar uchun turar joylar qurdi va klubni Ispaniyadagi eng barqaror jamoalardan biriga aylantirdi.
Bir inson, bitta va'da va o'ttiz yillik mehnat.