Enso Mareska: «Tijani va Savinyu bilan bog'liq vaziyatga tayyor turishimiz kerak»
Enso Mareska jamoa futbolchilari Tijani va Savinyu atrofidagi transfer mish-mishlariga munosabat bildirdi.
💭 Enso Mareska:
Tijani – biz bilan birga bo'lgan futbolchi. Mening burchim – jamoani tark etguniga qadar ular uchun qo'limdan kelganini qilish. Uning o'yinidan mamnunman, ta'tildan qaytganidan beri yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda. Hozirgi vaqtda undan juda xursandman.
Ayni damda futbolchilarimiz haqida ko'plab mish-mishlar tarqalmoqda – Savinyu yagona emas. Savinyu shu yerda ekan, uning o'yinini yaxshilashga yordam berish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Afsuski, transfer oynasi ochiq vaqtda har narsa bo'lishi mumkinligini ko'p marta ta'kidlaganmiz, biz bunga tayyor turishimiz kerak.