Junior Kadile DR Kongo terma jamoasida o'ynashga qaror qildi
«Lans» vingeri Junior Kadile Fransiya yoshlar terma jamoasidan voz kechib, DR Kongo sharafini himoya qilishga qaror qildi.
Junior Kadile DR Kongo terma jamoasi safida to'p surishga qaror qildi.
23 yoshli «Lans» vingeri avvalroq Fransiya o'smirlar terma jamoasi (U17) sharafini himoya qilgan, biroq murabbiy Sebastyan Desabr bilan bo'lgan muzokaralardan so'ng «Leopardlar»ni tanladi. U allaqachon Kongo pasportini rasmiylashtirishni boshlagan va Bryusseldagi DR Kongo elchixonasida biometrik ma'lumotlarini topshirgan.
Kutilishicha, u navbatdagi xalqaro tanaffus vaqtida terma jamoaga chaqiriladi.