Junior Kadile DR Kongo terma jamoasi safida to'p surishga qaror qildi.
23 yoshli «Lans» vingeri avvalroq Fransiya o'smirlar terma jamoasi (U17) sharafini himoya qilgan, biroq murabbiy Sebastyan Desabr bilan bo'lgan muzokaralardan so'ng «Leopardlar»ni tanladi. U allaqachon Kongo pasportini rasmiylashtirishni boshlagan va Bryusseldagi DR Kongo elchixonasida biometrik ma'lumotlarini topshirgan.
Kutilishicha, u navbatdagi xalqaro tanaffus vaqtida terma jamoaga chaqiriladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!