KMI: «Nottingem Forest» darvozasiga belgilangan penalti xato bo'lgan
KMI komissiyasi «Nottingem Forest»ga qarshi o'yinda hakam tomonidan belgilangan penaltini xato deb topdi, ammo VAR qarorini qo'llab-quvvatladi.
KMI (Key Match Incidents) komissiyasi «Forest»ga qarshi o'yinda hakam Alisson darvozasiga penalti belgilab, xatoga yo'l qo'yganini ma'lum qildi.
Ammo komissiya qo'shimcha qilishicha, qaror VAR aralashuvi uchun belgilangan chegaraviy qiymatga mos kelmagan, shu sababli Maykl Oliver hakam Sem Barrottni maydon chetidagi monitorga chaqirmay, to'g'ri ish qilgan.
KMI komissiyasi Barrott penalti belgilamasligi kerak edi degan qaror uchun 3:2 hisobida ovoz berdi, ammo VAR qarorini 5:0 hisobida qo'llab-quvvatladi.