Sergey Barbarez: Kerim Alaybegovichda mushaklar tortishishi kuzatildi
Bosniya terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Barbarez Kerim Alaybegovichning almashtirilishi sababini tushuntirdi.
Sergey Barbarez, Bosniya terma jamoasi bosh murabbiyi: «Alaybegovich o'zini qanday his qilyapti? Kerim maydonni tark etishni istamadi, ammo unda mushaklar tortishishi boshlangandi, shu sababli biz uni almashtirishga qaror qildik».