Tommy Setford «Stivenij»ga o'tishi mumkin
«Arsenal» darvozaboni Tommi Setford faoliyatini «Stivenij» klubida davom ettirishi mumkin.
🚨 Eksklyuziv: «Stivenij» (Liga 1) darvozabon Tommi Setfordni ijaraga olish uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
«Arsenal» 20 yoshli darvozabon uchun transfer oynasi yopilishiga qadar yangi variant topishga umid qilmoqda. Bungacha futbolchining «Las-Palmas»ga o'tishi barbod bo'lgan edi.