Stiv Mandanda: Jenesio – men ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biri
Stiv Mandanda murabbiy Jenesio haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va uni o'zi ishlagan eng kuchli mutaxassislardan biri deb atadi.
Stiv Mandanda:
Jenesio? Bu men ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biri!
U jamoaga xotirjamlik hissini bera oladi, taktik jihatdan esa juda kuchli.
U o'yinlarga juda puxta tayyorgarlik ko'radi. O'z yordamchisi bilan birgalikda mashg'ulotlarda aniq, sodda va tushunarli sxemalarni taklif qiladi va o'yin oldidan taqdim etadi.