Markus Kroshe «Milan»ga o'tishga yaqin
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Markus Kroshe «Milan» bilan kelishuvga erishdi va yanvar oyida ish boshlashi kutilmoqda.
🚨 Markus Kroshe «Milan»da? Asosiy savol hal qilindi!
Shekilli, Markus Kroshening «Milan»ga o'tishi bilan bog'liq ko'p oylik tarix yakuniga yetmoqda. Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, «rossonerilar» «Ayntraxt» bilan nemis rahbari shartnomasini muddatidan avval bekor qilish uchun moliyaviy kompensatsiya borasida kelishuvga erishdi.
🤝 Avvalroq Kroshe «Milan» bilan hamkorlik shartlarini kelishib olgandi, biroq uning amaldagi klubi bilan bog'liq masala hal qilinmay qolgandi.
Agar hech qanday o'zgarish yuz bermasa, nemis mutaxassisi yanvar oyida rasman ish boshlaydi. Aynan uni Jerri Kardinale dastlab futbol yo'nalishi rahbari lavozimiga ustuvor nomzod sifatida ko'rib chiqqandi.
👀 Qolaversa, Kroshe bilan birga Italiyaga uning safdoshi Timmo Xarding ham kelishi mumkin.
Sizningcha, Kroshe — «Milan»ning yangi rivojlanish bosqichi uchun aynan kerakli rahbarmi? 🔴⚫