Ezri Konsa transferi tafsilotlari
Mikel Arteta Ezri Konsani transfer qilishdan oldin futbol mutaxassislari bilan maslahatlashgan. Himoyachining statistikasi «Arsenal»ni qoniqtirgan.
Ezri Konsani o'z safiga qo'shib olishdan oldin Mikel Arteta himoyachi haqida qo'shimcha ma'lumot to'plash uchun futbol olamidagi bir qancha insonlarga qo'ng'iroq qilgan.
Olingan fikrlar faqat ijobiy bo'lgan. Bundan tashqari, Konsaning statistik ma'lumotlari transfer ustida ishlashning dastlabki bosqichlaridayoq «Arsenal»ni hayratda qoldirgan.
Futbol doiralarida Konsa uzoq vaqt davomida OAV tomonidan yetarlicha baholanmagan degan fikr mavjud, biroq hozirda bu qarash o'zgara boshladi.
London Kolni bazasida ham uning kelishi katta xursandchilik bilan kutib olindi. Birinchi jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Tobi Griffits hozirda Konsani imkon qadar tezroq optimal holatga olib chiqish ustida ishlamoqda. 💪
📰 RyanTaylorSport