Toni Freysha: «Real Madrid» hakamlikdan nolishni kanda qilmaydi
«Barselona» prezidentligiga sobiq nomzod Toni Freysha «Real Madrid»ning hakamlik borasidagi shikoyatlarini keskin tanqid qildi.
«Barselona» prezidentligiga sobiq nomzod Toni Freysha «Real Madrid» va «Betis» o'rtasidagi o'yin hakamligiga munosabat bildirdi:
«Real Madrid» va «Betis» o'rtasidagi o'yinda hakamlik darajasi? «Real»ga Gyulerning chetlatilishini kechirishdi va o'yin oxirida [Vinisiusga nisbatan qoidabuzarlikdan so'ng] mutlaqo tushunarsiz penalti sovg'a qilishdi.
Ammo shunga qaramay, «Real Madrid» mag'lubiyatga uchradi. Endi butun hafta davomida ularning hakamlik haqidagi noliydigan gaplarini eshitamiz. Yamal avvalroq «Real» haqida aytganidek: «Ular o'g'rilik qilishadi va yig'lashadi».