#Xuan Bernat — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Xuan Bernat "Valensiya"ga qaytish orzusi haqida gapirdi

Xuan Bernat "Valensiya"ga qaytish orzusi haqida gapirdi

Xuan Bernat "Valensiya"ga qaytishni orzu qilishi, ammo 2014 yilda "Bavariya"ga o'tganidan afsuslanmasligi haqida gapirdi.

"Valensiya"ning sobiq himoyachisi Xuan Bernat o'zining ona klubiga bir kun kelib qaytishni orzu qilishini, garchi hozircha bunday imkoniyat bo'lmaganini tan oldi.

"Menda "Valensiya"ga qaytish imkoniyati hech qachon bo'lmagan. Men har doim bu mening uyim ekanligini aytganman va bir kun kelib har qanday ko'rinishda qaytishdan xursand bo'lardim. Men doimo o'z ona zaminimga va o'zim o'sib-ulg'aygan klubga qaytishni istaganman. Buni amalga oshish-oshmasligini bilmayman", - dedi Bernat AS nashriga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, futbolchi 2014 yilda "Bavariya"ga o'tganidan afsuslanmasligini ta'kidladi.

"Yo'q, men afsuslanmayman. Men sovrinlar yutishni xohlaganim uchun ketgandim, "Bavariya" esa meni taklif qildi. "Valensiya" — mening jamoam va u doimo shunday bo'lib qoladi, ammo men afsuslana olmayman, chunki bu aynan men xohlagan narsa edi. Men bir soniya ham ikkilanmaganman", - deya qayd etdi Bernat.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.