Yakub Piotrovski bir oyga safdan chiqdi
Udineze yarim himoyachisi Yakub Piotrovskida yurak aritmiyasi aniqlandi. Futbolchi bir oyga safdan chiqdi.
Udineze xabariga ko'ra, Latsio bilan o'yinda Yakub Piotrovskida yengil turdagi yurak aritmiyasi aniqlangan.
Yaqin kunlarda polshalik yarim himoyachi yurak kateter ablyatsiyasi muolajasini o'tkazadi. Ushbu jarrohlik amaliyotidan so'ng va zarur dam olish davridan keyin Piotrovski to'liq mashg'ulotlarga va o'yinlarga qaytishi mumkin bo'ladi.