Kasper Tengstedt Fransiyada porlamoqda
Kasper Tengstedt "Tuluza" safida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Daniyalik hujumchi Liga 1 to'purarlari ro'yxatida yetakchilik qilmoqda.
"Feyenoord"da Kasper Tengstedt 23 ta o'yinda 5 ta gol urgan edi. O'tgan yozda daniyalik futbolchi "Tuluza"ga o'tdi va hozirda chempionatning 5 ta uchrashuvida 5 ta gol bilan Liga 1 to'purari bo'lib turibdi. 👤
Fransiyada Tengstedt o'zining "Xorsens"dagi sobiq murabbiyi Yens Bertel Askou bilan yana birga ishlamoqda.
Fransiya matbuoti ham uning o'yinlaridan hayratda. L'Équipe fikricha, hujumchi "universal, samarali va o'rnini bosib bo'lmaydigan forvard"ga aylandi.