La Repubblica xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri Luka Marianuchchi va Yens Kayustening kelajagi borasida qaror qabul qildi.
La Repubblica sharhlovchisi Antonio Korbo xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri ikki futbolchining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan.
Murabbiy Luka Marianuchchining salohiyatini yuqori baholadi va himoyachi transfer ro'yxatidan chiqarildi.
Yens Kayuste esa barcha urinishlariga qaramay Allegrini ishontira olmadi. Shu sababli, daniyalik futbolchi uchun yangi jamoa izlash jarayoni yana faol bosqichga o'tdi.
Yens Kayuste «Torino»ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Sport direktori Janluka Petraki futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.
⚡️ Yens Kayuste «Torino»da muxlisga ega.
🤞 Turinlik jurnalist Andrea Piva yozishicha, «granatolar»ga yaqin bo'lgan sport direktori Janluka Petraki aynan shu futbolchining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
✒️ Piva shunday yozadi:
Kayustening o'tishi — aniq g'oya, chunki u sport direktori Petraki juda yoqtiradigan futbolchi va u bu borada «Napoli» rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Bitim yo'lidagi asosiy to'siq «Torino» yarim himoyasidagi vaziyatdir. Ularning tarkibida joy bo'shatish uchun avval sotilishi kerak bo'lgan bir nechta futbolchi bor. Vaziyat xuddi «adzurrilar»nikidek.