Yorti Mokio Kongo DR terma jamoasida o'ynashga qaror qildi
18 yoshli "Ayaks" yarim himoyachisi Yorti Mokio Belgiya yoshlar terma jamoalaridan so'ng Kongo DR terma jamoasida o'ynashga qaror qildi.
Yorti Mokio Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi safida o'ynashga qaror qildi. 18 yoshli "Ayaks" iqtidorli futbolchisi dushanba kuni Bryusseldagi Kongo elchixonasi yonida ko'rinish berdi, u yerda futbolchi Kongo xizmat pasportini rasmiylashtirish uchun bo'lgan.
Gentda tug'ilgan yarim himoyachi avvalroq bundan buyon Kongo terma jamoasi sharafini himoya qilish istagini bildirgan edi. Elchixonaga tashrifi bilan Mokio ushbu o'tishni amalga oshirish uchun yana bir muhim qadam tashladi.
Mokio ko'p yillar davomida Belgiya yoshlar terma jamoalarida to'p surib, ular safida 23 ta o'yin o'tkazgan. U "qizil iblislar" safida ham debyut qilgan: Millatlar ligasi doirasidagi Ukrainaga qarshi o'yinda "Ayaks" o'yinchisi bahs tugashiga ikki daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushgan.