Aguirre (El Chiringuito hammuallifi): «Madrid»ni haqiqatan ham ko'p tanqid qilishmoqda, lekin mening nazarimda, hozir jamoani tanqid qilish istagi juda kuchayib ketdi. Odamlarda Mourinyu «Madrid»iga nisbatan sabr yetishmayapti.
Portugaliyalik murabbiy jamoani kiyinish xonasidagi ulkan muammolar, ayrim futbolchilarning haddan tashqari yuqori ego'si va ruhiy tushkunlikka tushgan o'yinchilar bilan qabul qilib oldi. U endigina ishini boshlamoqda. Biz bor-yo'g'i 7 ta o'yin o'tkazdik — 6 ta g'alaba. Mbappe oltita turda 7 ta gol urdi. Bu aqldan ozdiradigan raqamlar! Shuning uchun xotirjamlikni saqlash kerak.
Jamoa «Elche»ga qarshi bo'shashdimi? Ha, «Inter»ga qarshi ham yaxshi o'yin ko'rsatmadi, lekin shu bilan birga ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi. «Betis»ga qarshi boy berilgan o'yinda ham xuddi shunday holat.
«Elche» bilan o'yinda «Madrid» 3:0 yoki 4:0 hisobida oldinda bo'lishi kerak edi, ammo Vinisius o'z vaziyatlaridan foydalana olmadi. Bunday holatlar bo'lib turadi. Shunchaki «Madrid» ikkinchi bo'limni juda yomon o'tkazdi», deb bo'lmaydi. Ha, lekin agar Vinisius birinchi bo'limda gol urib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirganida, hammasi hal bo'lgan bo'lardi.
«Inter»ga qarshi Bellingem deyarli bo'sh darvozaga ikki marta gol ura olmadi. «Betis»ga qarshi Mbappe deyarli xuddi shunday vaziyatda ikki marta xato qildi.
Men shuni aytmoqchimanki, hozir «Madrid»ni tanqid qilish uchun sabab bo'ladigan juda ko'p holatlar yuzaga kelmoqda. Ammo hammasi o'zgarishi mumkin, chunki men futbolchilar yaxshilanib borayotganini ko'ryapman.
Men haqiqatan ham chempion bo'lishga qodir jamoani ko'ryapman. Men bu «Madrid»dan ruhlanganman. Umuman olganda, hammasi yaxshi ketmoqda, garchi ba'zi narsalarni, albatta, to'g'rilash kerak bo'lsa ham.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!