Alehandro Balde «Barselona»da qolishni istamoqda
Barca Family News ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 23

Alehandro Balde «Barselona»da qolishni istamoqda

Rodjer Torello xabariga ko'ra, Baldega yaqin manbalar futbolchi «Barsa»ning asosiy chap qanot himoyachisi bo'lish uchun astoydil mehnat qilishga tayyor ekanini ma'lum qilmoqda.

Balde murabbiyning bayonotlarini o'zi uchun chaqiriq sifatida qabul qilmoqda. Qolaversa, u o'zining «Barsa»dan ketishga qaror qilgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Shunga qaramay, o'sha manbalar «Barselona» futbolchiga unga ishonch bildirmasligini ma'lum qilsa, Balde yangi klub izlashga qarshi emasligini ham ta'kidlashmoqda. Biroq hozircha na murabbiy va na klub rahbariyati unga rejalariga kirmasligini aytgan. Shu bois futbolchi Xans-Diter Flik ishonchini qozonish uchun kurashda davom etadi.

Jorje Mendesh Baldega Yevropa va Saudiya Arabistonidan tushgan takliflar haqida ma'lumot bergan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!