Xulian Alvaresning mashg'ulotni o'tkazib yuborishi sababi ma'lum bo'ldi
Xulian Alvaresning mashg'ulotni o'tkazib yuborishi sababi ma'lum bo'ldi. Rodjer Torello futbolchining intizom buzgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Rodjer Torello (Mundo Deportivo) xabariga ko'ra, Xulian Alvaresga yaqin manbalar futbolchining bugungi mashg'ulotda qatnashmaganini intizom buzilishi yoki «isyon» bilan bog'liq degan ma'lumotlarni keskin rad etishdi.
Manbalar argentinalik futbolchi hech qachon kasal bo'lib ko'rinib, yolg'on gapirmasligini ta'kidlashdi. Uning yo'qligi shunchaki uyqusiz o'tgan tundagi o'zini yomon his qilishi bilan bog'liq.
Bundan tashqari, ular futbolchining mashg'ulotda qatnashmagani klub tibbiyot xizmati bilan kelishilganini va shifokorlar unga mashg'ulotga kelmaslikni tavsiya qilishganini qo'shimcha qilishdi. ❤️