Aleksandr Isak: «Gakpo bilan o'zaro hamkorligimiz yaxshi»
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 25

Aleksandr Isak: «Gakpo bilan o'zaro hamkorligimiz yaxshi»

Aleksandr Isak o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

🛑 Gakpo bilan o'zaro hamkorlik haqida: «Ko'rinishidan, endi men unga golli uzatma berishim kerak! U meni aynan men to'pni qabul qilishni yoqtiradigan zonalarda juda yaxshi topib oldi».
🛑 O'tgan mavsum va joriy mavsumdagi farq haqida: «Albatta, normal mavsumoldi tayyorgarligi bo'lganda, o'zing xohlagandek o'ynash osonroq. Oson bo'lmadi, uzoq muddatli jarohat, umuman olganda og'ir mavsum bo'ldi. Men yaxshi mavsum o'tkazishga va to'liq mavsumoldi tayyorgarligiga e'tibor qaratishga harakat qildim. O'tmishda qoldi, bu yaxshi».
🛑 Ikkinchi gol haqida: «Bu shunchaki instinkt. Men bu pozitsiyani, chap yarim qanotni yaxshi ko'raman. Bu zonalarda to'p bilan qanchalik ko'p bo'lsam, shunchalik ko'p gol uraman. Sof instinkt, men hatto darvozabon qayerda bo'lgani haqida ham o'ylamadim».
🛑 Jamoaning hujumdagi kuchi haqida: «Shubhasiz, hujumda juda ko'p kuchli o'yinchilarimiz bor. Agar to'pni olib qo'yib, uni tezda hujumga o'tkaza olsak, hujumdagi o'yinimizdan o'zimiz ham zavq olamiz. To'pni olib qo'yganingizda, raqib jamoa deyarli har doim tartibsiz bo'ladi va himoyalanishga tayyor bo'lmaydi — biz hujumdagi sifatimizni hisobga olgan holda bundan foydalanishimiz kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!