Aleksis Mak Allister terma jamoa ixtiyoriga yetib keldi va u yerdan darhol «Liverpul»dagi yangi shartnoma borasidagi vaziyat haqida so'rashdi:
Yakuniy qaror hali qabul qilinmagani yo'q. Shartnomamning yana ikki yili bor. Ha, o'sha matbuot anjumanida kelajagim haqida so'rashganida, aytgan gaplarim ko'proq hissiyotlarimga asoslangan edi. Bu klub harakatlariga yoki boshqa narsaga berilgan baho emasdi, chunki yakunda ishlarni ular boshqaradi va qaror qabul qiladi, men uchun bu mutlaqo normal holat.
Ammo aytganimdek, men bor kuchim bilan harakat qilaman, yana ikki yilim qoldi. Bu vaqt ichida ko'p narsa yuz berishi mumkin, turli ssenariylar bor, shuning uchun men o'z tomonimdan klubda bo'lishdan zavq olyapman.
Umid qilamanki, shartnomamni yana bir necha yilga uzaytirish imkoni bo'ladi, agar bo'lmasa, demak shunday bo'lishi kerak ekan. Men bu vaqtdan oilam bilan birga zavq olmoqchiman, chunki dunyodagi eng yaxshi klublardan birida ekanligimga sira shubham yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!