Stefan Borson: "Manchester Siti" Mak Allisterga qiziqish bildirgan"
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Transfer 👁 6

Stefan Borson: "Manchester Siti" Mak Allisterga qiziqish bildirgan"

"Manchester Siti"ning sobiq moliyaviy maslahatchisi Stefan Borson Mak Allister haqida fikr bildirdi:

"O'ylaymanki, unga qiziqish bo'ladi. Shu yozda "Manchester Siti" uni haqiqatan ham kuzatgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Shu yozda ular allaqachon takliflar bilan chiqishgan, ammo ochiqchasiga aytadigan bo'lsak, u "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Bu shunday holatlardan biriki, mening nazarimda, barchasi yangi shartnomasiz yakunlanish ehtimoli juda past.

Shunday ekan, muzokaralar va jarayon davomidagi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarga qaramay, men shartnoma yakunda baribir imzolanishiga deyarli shubha qilmayman".

Boshqa klubning sobiq moliyaviy maslahatchisi bergan ma'lumotga qanchalik ishonish mumkinligini bilmayman, ammo "Siti" va xususan, ularning 115 (130) ta qoidabuzarligi masalasida u juda aniq ma'lumotlar bergandi. Qolaversa, bu ma'lumot ham "Siti" haqidagi suhbat kontekstida aytilgandi.

Har holda, vaqt ko'rsatadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!